Sleeply® Goodnight

Sleeply® Goodnight – bu vaqt zonalarini o'zgartirish va uyquga ketish davrini qisqartirish muammolarini hal qilishda foydalaniladigan to'liq va muvozanatli formulaga ega bo`lgan innovasion va samarali biologik faol qo`shimcha. Sleeply® Goodnight tabiiy ingredientlardan iborat boф`lib, u sifatli, tinch va uzoqroq uyquni ta'minlash uchun ishlab chiqarilgan. Nojo`ya ta'siri bo'lmagan xavfsiz va samarali mahsulot.

Sleeply® Goodnight (1 tabletka) tarkibi:

*NRV: ozuqa moddalarning tasdiqlangan qiymati (EU) n0 1169/2011 ** n.d.: aniqlanmagan

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiy fosfati, polivinilpolipirrolidon, plyonka hosil qiluvchi, yog` kislotalarining

magniy tuzlari, talk, kremniy dioksidi.

Sleeply® Goodnight xususiyatlari:
Melatonin – bu uyqudan uyg'onish davrlarini saqlab turish funksiyasiga ega bo'lgan, organizmda tabiiy yo`l bilan ishlab chiqariladigan modda bo‘lib uyquga ketish vaqtini qisqartiradi. Samarali ta'sir uchun yotishdan oldin 1 mg melatonin iste'mol qiling.

Valeriana, passiflora va moychechak ekstraktlari – bu tinchlantiruvchi va sedativ xususiyatlarga ega bo'lgan tabiiy mahsulotlar bo`lib, xavotirni yengillashtirishda, shuningdek tun bo'yi tinch uxlashga yordam beradi.
Sleeply® Goodnight ko`rsatmalari va qo’llanilishi::
Uyqu muammosi bo'lgan katta yoshdagilarga va asab tizimini tinchlantirish uchun Sleeply® Goodnight tavsiya etiladi. Uyqudan oldin 1 tabletka qabul qilinadi. Vaqt zonalarini o'zgartirganda uyquga ketish vaqtini qisqartirish uchun sayohatga chiqishdan 3 kun oldin Sleeply® Goodnight ni qabul qilishni boshlang va 10 kun mobaynida yotishdan oldin 1 tabletka qabulini davom ettiring.
Muhim ko'rsatmalar:
Tavsiya etilgan kunlik me'yorni mutaxassis tavsiyasisiz oshirmang.
Biologik faol qo'shimchalar muvozanatli ovqatlanish va sog'lom turmush tarzining o'rnini bosa olmaydi.
Preparatni yuqori sezuvchanlikda, allergiyada va shunga o'xshash tarkibga ega bo'lgan boshqa dorilar bilan qo`llamaslik kerak. Agar tibbiy ko'rsatmalar bo'lmasa, homiladorlik va emizikli davrida qabul qilish maslahat berilmaydi. Bolalarga tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqarilish shakli:
Qutida qobiq bilan qoplangan 30 ta tabletka

Sleeply® Goodnight saqlash sharoitlari:
Mahsulotni asl qadog`ida 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq joyda saqlang. To'g'ridan-to'g'ri yorug'lik tushishidan va issiqlikdan ehtiyot qiling. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.

Sleeply® Goodnight yaroqlilik muddati: 3 yil
Ishlab chiqaruvchi:«Lecifarma-Laboratorio Farmaceutico, Lda», Portugaliya / Yetkazib beruvchi: AEI24 - Ispaniya

BFQ – dori vositasi emas