Jet-lag

bu vaqt zonalarining tezkor o‘zgarishi tufayli sodir bo‘luvchi vaqtinchalik uyqu buzilishidir. Bizning tanamizda uyquga ketishimizga, uyg‘onishimizga va taxminan bir xil vaqtda ovqatlanishni xohlashimizga yordam beruvchi ichki biologik soat (sirkadiyalik yoki kunlik, ritmlar) mavjud.
Vaqt zonalarining tez o‘zgarishi tufayli bu ichki soatlar moslashishga ulgurmaydi va odatdagidek ishlashda davom etadi. Natijada, biz kunning yarmida charchoqni his qilamiz yoki aksincha, kechasi haddan tashqari tetiklikdan aziyat chekamiz.

Shu sababli qiyinchiliklar boshlanadi, masalan:


  • charchoq va zaiflik paydo bo‘ladi, kun davomida kayfiyat o‘zgaradi;
  • uyquga ketish qiyin, uyg‘onish og‘ir, inson uyquga to‘ymaydi;
  • diqqatni jamlash susayadi;
  • oshqozon-ichak trakti kasalliklari ehtimolini oshiradi.

Vaqt zonalarini o‘zgartirishga qanday tayyorgarlik ko‘rish lozim?

Agar siz bor-yo‘g‘i bir-ikki kunga ketgan bo‘lsangiz, u holda huddi uydagidek bir vaqtda ovqatlanishga va quyoshda bo‘lishga harakat qiling. Bu sizning o‘z vaqt zonangizga qaytganingizdan so‘ng jet lag belgilari paydo bo‘lishining oldini oladi.

  • Harakatlaning
    Ertalab yoki kechga yaqin sport bilan shug‘ullanish tetiklashishga va tananing ichki soatini tiklashga yordam beradi. Ammo yotishdan biroz oldingi mashg‘ulotlar kunlik siklingizni yanada buzadi.
  • Kun davomida uxlamaslikka harakat qiling
    Agar baribir ham dam oligingiz kelsa, unda ikki soatdan ortiq uxlamang. Uxlab qolmaslik uchun budilnikni o‘rnating.
  • Quloq tiqinlari va uyqu niqobi yordamida ortiqcha shovqin va yorug‘likni to‘sib qo‘ying.
    Tinch uyqu – bu tananing biologik soatini sozlashning eng yaxshi usulidir.
  • Uyquga yotishdan bir necha soat oldin spirtli ichimliklar va qahvalardan voz keching.
    Bu ichimliklar asab tizimini qo‘zg‘atadi va tananing yangi sharoitlarga moslashishini qiyinlashtiradi.
  • Привычный режим
    Agar siz bor-yo‘g‘i bir-ikki kunga ketgan bo‘lsangiz, u holda huddi uydagidek bir vaqtda ovqatlanishga va quyoshda bo‘lishga harakat qiling. Bu sizning o‘z vaqt zonangizga qaytganingizdan so‘ng jet lag belgilari paydo bo‘lishining oldini oladi.