СОН И ЕГО ФУНКЦИИ

Uyqu – bu tabiiy fiziologik va murakkab biokimyoviy jarayon bo‘lib, u atrofdagi dunyoga reaktsiyaning pasayishi va o‘ziga xos miya faoliyati bilan tavsiflanadi.

Asosiysi, uyqu – bu sog‘lik garovidir. Uyqu paytida bir qator muhim gormonlar ishlab chiqariladi, to‘qimalar yangilanadi va jismoniy kuchlar to‘ldiriladi. Bu vaqtda miya bekor turmaydi: uning ba’zi sohasi uyg‘oq davriga qaraganda yanada faolroq bo‘ladi.

Uyqusizlik oqibatlari:

  • Kognitiv funktsiyalar
    (xotira, e’tibor, fikrlash), muvofiqlashtirish, nutq, orientatsiya, nazorat va boshqalarning yomonlashishi
  • Zararli odatlar va yomon kayfiyat
  • Immunitetning zaifligi
  • Ortiqcha ovqatlanish va vazn
  • Samaradorlikning pasayishi
  • Yomon ko‘rinish

Uyquning davomiyligi yoshga bog‘liq

Odam qanchalik yosh bo‘lsa, u shunchalik ko‘p uxlashi talab etiladi. Ushbu sohada 25 yillik tajribaga ega bo‘lgan, Amerika notijorat tashkiloti, Milliy uyqu jamg‘armasi (National Sleep Foundation) quyidagilarni tavsiya etadi:


  • 0 oydan 3 oygacha – 14-17 soat
  • 4 oydan 11 oygacha – 12-15 soat
  • 1 yoshdan 2 yoshgacha – 11-14 soat
  • 3 yoshdan 5 yoshgacha – 10-13 soat
  • 6 yoshdan 15 yoshgacha – 9-11 soat
  • 14 yoshdan 17 yoshgacha – 8-10 soat
  • 18 yoshdan 64 yoshgacha – 7-9 soat
  • 65 yosh va undan kattalar – 7-8 soat
Katta yoshdagi sog‘lom odamlar 8 soat uxlashlari kerakligi aksariyat tadqiqotlarda isbotlangan.