Uyqusizlik

Insomniya, ya’ni uyqusizlik, lotincha atamalardan kelib chiqqan bo‘lib, in — “ichida”, somnus — “uyqu”, ya’ni “uyqu ichida”. Bu uyqu holati bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar.
Bu uyquga ketish va uyquni saqlashdagi qiyinchiliklar, tez-tez uyg‘onish yoki erta tongda uyg‘onish, ya’ni uyquni tugatishdagi qiyinchiliklar. Bularning barchasi insomniya sindromi fenomenologiyasiga kiradi. Uyqusizlik bir qator bilvosita alomatlarga ega — yengil hissiy ta’sirchanlik, tajovuzkorlik (yoki yig‘loqilik), befarqlik. Uyqusizlikdan aziyat chekadigan insonlar ishni yaxshi va samarali bajara olmaydilar.

Uyqusizlikni uning sababiga yoki davomiyligiga ko‘ra tasniflash mumkin.
  • Agar uyqusizlik muammosi tibbiy yoki kimyoviy sabablarga bog‘liq bo‘lmasa (dori-darmonlar bilan davolash), bu dastlabki uyqusizlik deb hisoblanadi.
  • Uyqusizlik sababi kasallik yoki dori vositalarining yondosh ta’siri bo‘lsa, bu ikkilamchi uyqusizlikdir.

Uyqusizlikni davomiyligi bo‘yicha uchta alohida toifaga bo‘lish mumkin:

  • vaqtinchalik uyqusizlik:
    Bu eng keng tarqalgan, qisqa muddatli va odatda bir haftadan kamroq davom etadi. Bu asosan birlamchi bo‘lib, stressda yoki shikastlanganda sodir bo‘ladi;
  • qisqa muddatli uyqusizlik:
    Bu turdagi uyqusizlik turli sabablarga ega bo‘lib, bir oygacha davom etishi mumkin;
  • surunkali uyqusizlik:
    bir oydan ortiq davom etishi mumkin va odatda bu uyqu yetishmasligiga bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar bilan kechuvchi ikkilamchi uyqusizlik holatidir.